Oʻquv portalga oʻtish
Biz haqimizda

Biz haqimizda

Fermerlar maktabi - bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoshlarga o‘rgatish, bilimli va malakali yosh fermerlarni tayyorlash va qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish sirlarini ochib beradigan O‘zbekistondagi ilk loyiha.

So‘ngi yillarda agrosanoat majmuasida dehqon xo‘jaliklarining roli o‘sib bormoqda. Yuqori hosil olish va bor resurslardan oqilona foydalanish bugungi kun talabi. Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z biznesini ochish yoki yuritish uchun «Agrobank» ATB kreditlarini olayotgan yoshlarning soha bo‘yicha bilim va malakaga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish maqsadida “Fermerlar maktabi” o‘z ish faoliyatini boshlamoqda.

Fermerlar maktabi pilot loyiha sifatida 5 ta hududda qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari bazasida tashkil etiladi: (va keyinchalik hududlar miqyosi kengaytiriladi)

-   Toshkent (Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida doimiy ro'yxatda turganlar uchun) 
-   Andijon (Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida doimiy ro'yxatda turganlar uchun)
-   Samarqand (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida doimiy ro'yxatda turganlar uchun)
-   Termiz (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida doimiy ro'yxatda turganlar uchun)
-   Nukus (Qoraqalpog'izston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida doimiy ro'yxatda turganlar uchun)

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
- 18 yoshga to'lgan, ammo 35 yoshdan oshmagan, hamda kamida o'rta ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- chorvachilik, parrandachilik, issiqxona hamda sabzavot va polizchilik yo'nalishlariga qiziqishga ega bo'lishi;
Qabul kvotasining kamida 30 foizi ayollarga ajratish rejalashtirilgan.

Hujjatlarni qabul qilish muddatlari
Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 28 aprelidan 12 may soat 24.00 gacha davom etadi. 

Hujjatlarni topshirish tartibi
O'qish istagini bildirgan nomzodlar maktabning rasmiy veb-sayti orqali quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda onlayn so'rovnoma bilan murojaat qilishadi, xususan:
- onlayn so'rovnoma (anketa) to'ldiriladi;
- pasport nusxasi.

Tanlovni o'tkazish tartibi
Fermerlar maktabi kursiga o'qishga qabul qilish uchun tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi. Barcha talabgorlardan so'rovnomalar qabul qilish joriy yilning 28 aprelidan 12 may soat 24.00 gacha davom etadi.

1 - bosqichda nomzodlarning hujjatlari Tanlov komissiyasi tomonidan o'rganilib, birlamchi ro'yxat shakllantiriladi.
2 - bosqichda saralangan nomzodlar bilan bevosita (yoki onlayn) suhbat o'tkazilib, natijalari bo'yicha tinglovchilarning yakuniy ro'yxati shakllantiriladi.

Намунавий саволлар

 

Fermerlar maktabi Tanlov komissiyasi tarkibi:
1.  Toshkent davlat agrar universitet, uning filiallari yoki Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti prorektori (komissiya raisi)
2.  Fermerlar maktabi hududiy markaz bosh menejeri (komissiya raisi o’rinbosari)
3.  Agrobank Bosh ofisi mas’ul xodimi
4.  Chorvachilik va parrandachilik sohasida ekspert-mutaxassis
5.  Sabzavot va polizchilik hamda issiqxona xo‘jaligi sohasida ekspert-mutaxassis

Qabul bo'yicha mas'ul:
1. Agrobank Bosh ofisidan biriktirilgan vakil
2. Fermerlar maktabi hududiy bosh menejeri

 

“Fermerlar maktabi” oʼquv kurslariga tinglovchilarni suhbat asosida tanlab olish boʼyicha hududiy tanlov komissiyasi tarkibi.

 

Nazariy – oliy o‘quv yurtlari bazasida olib boriladi. Barcha darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi. Tinglovchilar o‘zlari qiziqqan qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rganish jarayonida oliy o‘quv yurtlari bazasidagi kamyob kitoblardan va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Amaliy – amaliy darslar rejalashtirilgan tartibda tinglovchilar nazariy bilimlarni egallashganliklaridan so‘ng, hududlardagi yirik chorvachilik va parrandachilik komplekslari, zamonaviy issiqxonalar, sabzavotchilik va polizchilik xo'jaliklari hamda klasterlarda olib boriladi. 

O‘qish muddati – 2 oy

Ta’lim yo‘nalishlari

Chorvachilik
Chorvachilik
Parrandachilik
Parrandachilik
Sabzavot va polizchilik
Sabzavot va polizchilik
Issiqxona xo‘jaligi
Issiqxona xo‘jaligi
Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik
Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik

Maktablarning joylashuvi

Bizning afzalliklarimiz

Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Sohadagi yetakchi biznes egalari tomonidan master klasslar
Sohadagi yetakchi biznes egalari tomonidan master klasslar
Biznes hamkorlar tarmogʻingizni kengaytirish imkoniyati
Biznes hamkorlar tarmogʻingizni kengaytirish imkoniyati
Imtiyozli kredit olish huquqiga ega sertifikat
Imtiyozli kredit olish huquqiga ega sertifikat
Bularning barchasi bepul
Bularning barchasi bepul

Qabul jarayoni

Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1 oy oldin boshlanadi.
1
Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1 oy oldin boshlanadi.
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi
2
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi
Saralangan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi
3
Saralangan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi

Hamkorlar

Oliy o‘quv yurtlari
Oliy o‘quv yurtlari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Yirik ishlab chiqaruvchilar
Yirik ishlab chiqaruvchilar
Klasterlar
Klasterlar
Sohada ko‘p yillik tajribaga ega dehqon va fermerlar
Sohada ko‘p yillik tajribaga ega dehqon va fermerlar

Onlayn soʻrovnomani sifatli va toʻliq toʻldiring, biz Siz bilan bogʻlanamiz

5 dan 1 qadam
+998
E-mail toʻldirish uchun majburiy emas